O‘zbekistonda eng yaxshi yosh chegarachilarni aniqlaydigan tanlov boshlanmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishYoshlar o‘rtasidagi musobaqalar
Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda chegaraoldi hududlarida joylashgan litsey va kollejlar o‘quvchilari o‘rtasidagi eng ommaviy musobaqalardan biri bo‘lgan "Yosh chegarachilar" musobaqalari boshlanmoqda

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi, "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi va boshqa qator vazirlik hamda tashkilotlar ushbu harbiy-vatanparvarlik tanlovi tashkilotchilari hisoblanishadi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Musobaqalardan maqsad yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, ularni chegara xizmatiga bosqichma-bosqich tayyorlashdir.

"Musobaqalar fevral oyidan boshlanadi — dastlab tuman bosqichlari, so‘ngra shahar va viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichlardan o‘tganlar may oyida Chirchiq shahrida o‘tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etadilar. Ushbu harbiy-sport tadbirida nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar ham qatnashadilar", — dedi Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi vakili.

Yangi qurilayotgan namunaviy uylar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MXX chegara qo‘shinlari harbiylariga yangi uylar kaliti topshirildi

Uning aytishicha, yoshlar avtomatni qismlarga bo‘lish va yig‘ish, safga tayyor bo‘lish va harbiy qo‘shiqlar ijro etish bo‘yicha sinovdan o‘tadilar. Bundan tashqari, o‘quvchi yoshlar yugurish, turnikda tortilish, granata otish, merganlik hamda birinchi prezident Islom Karimov asarlari kabi yo‘nalishlarda o‘z kuch va bilimlarini namoyish etadilar.

Yoshlarni ham jismonan, ham ruhan toblaydigan sinovlardan so‘ng uchta eng yaxshi jamoa nomi aniqlanadi. G‘oliblarga kompyuter, televizor, uyali telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar beriladi. Musobaqalar ishtirokchilariga shuningdek, medal va diplomlar topshiriladi.

Qayd etish joiz, "Yosh chegarachilar" bellashuvlari 2011-yildan buyon tashkil etib kelinadi. O‘tgan yillar davomida bellashuvlarda mamlakatning chegaraoldi hududlarida joylashgan litsey va kollejlarning 17,3 mingga yaqin o‘quvchilari ishtirok etishdi. O‘tgan yili musobaqalarning rasmiy bayrog‘i ta’sis etildi.

Yangiliklar lentasi
0