Yevropadagi o‘zbek talabasi: o‘qish, sayohat va taomlar haqida

© Sputnik / Anton KurilkinMahmud Anvarov
Mahmud Anvarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rigadagi ISMA universiteti talabasi, jizzaxlik Mahmud Anvarov Yevropa universitetidagi ta’lim va talabalar hayoti haqida Sputnik muxbiriga gapirib berdi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik, Anton Kurilkin. Jizzaxlik Mahmud Anvarov Latviyada bir yil o‘qiganidan so‘ng Erasmus dasturi bo‘yicha Pragadagi BIVS (Bankovní institut vysoká škola) institutida tahsil olmoqda. U Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan Yevropa taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi.

Yevropa bo‘ylab sayohat

- Nima uchun Yevropada o‘qishga qaror qildingiz va Rigadan keyin Praga haqidagi taassurotlar qanday?

— Xorijda o‘qishni doim istardim — bu kelajak uchun foydali. Bundan tashqari, Yevropada o‘qigan do‘stlarim ham ijobiy fikrlarni aytishgandi. Begona mamlakatda birinchi yili qiynaldim, keyin asta-sekin ko‘nikdim.

Gubernator Aleksandr Jilkin va Bahodir Aminov - Sputnik O‘zbekiston
Astraxanda o‘zbekistonlik talabalar soni oshmoqda

Chexiyaga esa Erasmus (Erazmus) dasturi bo‘yicha keldim. Bu umumevropa dasturi bo‘lib, dastur bo‘yicha Yevroittifoqdagi istalgan davlatdagi universitetda o‘qish mumkin. Istasangiz ikki semestr, istasangiz bir yil. Men bir yil o‘qishga qaror qildim.

Bu mamlakatda ta’lim nufuzi yuqori bo‘lgani va chexlarning diplomi bilan yaxshi ishga kirish mumkinligi uchun shu yerni tanladim. Buning ustiga, yirik tadbirkorlik va madaniyat markazi hamda juda chiroyli shahar.

- O‘qish qiyin emasmi? Qaysi tilda o‘qiysizlar?

— O‘quv jarayoni yaxshi o‘ylangan. Talabalarning istiqboli haqida ko‘p o‘ylashadi — maxsus almashuv dasturlari va alohida stipendiyali dasturlar mavjud — yaxshi o‘qiganlar, IELTS sertifikatiga ega bo‘lganlar qo‘shimcha stipendiya olishlari mumkin.

O‘quv mashg‘ulotlari ingliz tilida olib boriladi. Lekin biz yana chex va nemis tillarini o‘rganamiz — birato‘la uchta tilda gaplasha olamiz. Aytgancha, o‘qish ingliz tilida bo‘lganligi ham shu o‘quv yurtini tanlashimda muhim omillardan biri bo‘lgan.

© FacebookMahmud Anvarov
Maxmud Anvarov - Sputnik O‘zbekiston
Mahmud Anvarov

Chex tilini o‘rganish qiyin bo‘ldi — u rus tiliga o‘xshab ketadi va men ba’zan zamonlarni almashtirib yuborardim. Ingliz tili bilan esa muammo bo‘lmadi — maktabda yaxshi o‘rganganman, yozda esa Londonda ham til o‘rgandim.

- Londonga ham Erasmus bo‘yicha bordingizmi? Angliya qanday ekan?

— Yo‘q, xususiy til o‘rgatish kursiga ariza berdim va ikki oy o‘qidim. Bahonada Londonni ham ko‘rib oldim.

Bu yer juda ajoyib! Aeroportga tushganimizda britancha lahjani tushunish juda qiyin bo‘ldi. Ikki kundan keyin o‘rganib ketdim. Faqat ob-havosi yoqmadi — judayam zerikarli va g‘amgin.

Baynalmilal talabalar

- Yotoqxona, talabalar bilan munosabatlar qanday?

— Yotoqxona juda yaxshi, universitetga va shahar markazigacha 20 daqiqalik masofada joylashgan.

Guruhimiz esa baynalmilal — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikistondan talabalar bor. Ispaniya, Vengriyadan ham talabalar ko‘p. Turkiyaliklar o‘qishadi.
Qozog‘iston, qirg‘izistonlik talabalar bilan ko‘p suhbatlashamiz. Ular bilan ruscha, boshqa mamlakatlik talabalar bilan inglizchada gaplashaman. Bayramlarda o‘z milliy taomlarimizni tayyorlaymiz.

- Ishlashning ham imkoni bo‘lyaptimi?

— Rigada o‘qiyotganimda Amerikaning International Travel Network turizm kompaniyasida ishladim. Bosh ofisi San-Fransiskoda, Rigada esa hududiy bo‘linmasi joylashgan. Amerikalik turistlar bilan ish olib bordim. Ular bilan ishlash ancha oson edi. Ularga yuqori sifatli xizmat, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va qulaylik muhim — bilet narxi ularni qiziqtirmaydi.

Shtatlardan kelgan migrantlar — MDHdan ko‘chib borganlar bilan ishlash qiyin. Ular inglizchani unchalik yaxshi bilishmaydi va ayrimlari juda talabchan. Har bir narsani o‘rganib chiqishadi, taqqoslab ko‘rishadi, batafsil so‘rashadi.

Hozirda ishlamayapman, magistraturada o‘qiyotganimda bankda part-time (to‘liq bo‘lmagan hafta — Sputnik) ishlamoqchiman.

- Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?

— Sayohatga chiqamiz, shaharni tomosha qilamiz, kinoga boramiz. Vena, Berlin, Drezden kabi shaharlarga boramiz. Yana Polsha, Shvetsiya, Litvaga sayohat qildim. Hattoki Boku va Sankt-Peterburggacha bordim.

© FacebookMahmud Anvarov
Maxmud Anvarov - Sputnik O‘zbekiston
Mahmud Anvarov

- Stipendiya sayohat qilishga yetadimi?

— Yo‘q, sayohatlarga yonimdan pul sarflayman. Stipendiya Yevropa o‘lchovi bo‘yicha ko‘p emas — oyiga 550 yevro, lekin Pragada yashashga yetadi.
Pul almashtirishda hushor bo‘lishga to‘g‘ri keladi — pul almashtirish punktlarida firibgarlar ko‘p. Bizni hushor bo‘lish to‘g‘risida ogohlantirishgandi — aytishlaricha, ba’zida chex kronasi o‘rniga unga juda o‘xshash bo‘lgan belorus rublini berisharkan.

- Mahalliy oshxona ma’qul bo‘ldimi? "Samarqand" restoranida bo‘ldingizmi?

— Chex oshxonasi menga unchalik ma’qul bo‘lmadi — cho‘chqa go‘shti ko‘p ishlatilar ekan. Menga o‘zimizning o‘zbek taomlari yoqadi. Bu restoran haqida eshitdim, lekin bormadim. Saytidagi menyudan palovni topa olmadim.

Odatda kechki ovqatni o‘zimiz tayyorlaymiz, nonushta va tushlik o‘quv yurtida qilinadi.

- Prezident saylovida ovoz berdingizmi?

— Min afsuski, ovoz berishda qatnasholmadim. Pragada O‘zbekiston elchixonasi yo‘q, eng yaqin elchixona esa Berlinda. Rigadagi do‘stlarim ovoz berishdi.
Umuman, men tez-tez uyga borishga harakat qilaman, oxirgi marta Yangi yilda bordim. Qarindoshlar bilan ertalabda qo‘ng‘iroqlashib turamiz, oqshomda juda kech bo‘lib ketadi. Rigada esa yaxshi edi — vaqt farqi atigi ikki soat edi.

- Chexiyadagi o‘qish tugagach va bakalavriatni bitirgach nima qilmoqchisiz?

— Hozircha bilmayman. Umuman olganda, o‘qishimni to‘laligicha Chexiyada tugatishni o‘ylayapman. Menga Praga ko‘proq yoqadi. Bakalavriatdan keyin esa AQShda magistraturada o‘qimoqchiman.

Yangiliklar lentasi
0