Jamiyat

Mirziyoyev pensiyalarni toʻliq hajmda naqd shaklda berishni buyurdi

© AP Photo / Anvar IlyasovOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Sal oldin fevral oyidan boshlab pensiyalar naqd pulda toʻlanishi haqida xabar bergan edik. Quyida Oʻzbekiston prezidenti imzolagan qarorning toʻliq matni bilan tanishishingiz mumkin

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.

"Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini soʻzsiz taʼminlash, ularning Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻsiqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi rahbarlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oʻz vaqtida toʻlanmayotgani, toʻlov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmagan holda toʻlovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida koʻplab murojaatlar kelib tushayotganiga qaratilsin.

Oʻzbek soʻmi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pensiya, nafaqa va stipendiyalar naqd pulda beriladi
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2017 yilning fevral oyidan boshlab:
barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda naqd shaklda beriladi;
ilovada keltirilgan togʻli va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi toʻlash, ijtimoiy toʻlovlar hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;
oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, "Oʻzbekiston pochtasi" aktsiyadorlik jamiyati pensiyalar mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq, qonunchilikda belgilangan muddatda, tegishli oyning 27-sanasidan kechiktirmay toʻlanishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
tijorat banklari bilan birgalikda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlashda yoʻl qoʻyilayotgan doimiy suiisteʼmolliklarni soʻzsiz bartaraf etishga doir choralarni koʻrsin, toʻlovlarning birinchi talabga binoan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar hisob raqamlaridan hech qanday moneliksiz berilishini taʼminlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mavjud toʻlov terminallari infratuzilmasini hisobga olgan holda ish haqini naqd shaklda va plastik kartalarga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlashni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin va bu borada maqbul nisbatlarni belgilasin. Qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berilsin.

Oʻzbek soʻmlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oylik ish haqi hamda pensiya miqdori kamida 10 foizga oshiriladi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli "Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida"gi qarorining 3- va 4-bandlarida koʻzda tutilgan naqd pul mablagʻlari oʻz vaqtida berilishini taʼminlamayotgan tijorat banklari rahbarlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish boʻyicha normalar amalda qanday qoʻllanilayotganini oʻrgansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmaga chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda uning savdo va xizmat koʻrsatish sohasidan tijorat banklari kassalariga oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlashga qaratilgan aniq tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.

7. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning oʻz vaqtida va uzluksiz toʻlanishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R.S.Azimov va Markaziy bank raisi F.M.Mullajonov zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2017 yil 2 fevral"

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala