Olaboylar Turkmanistonda ichki ishlarga ishga olinadi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishOlaboylar
Olaboylar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov kuch ishlatish muassasalari rahbarlariga ish faoliyatida olaboy (bo‘ribosar)lardan foydalanishni buyurdi, deb xabar qilmoqda turkman ommaviy axborot vositalari

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Turkmaniston kuch ishlatish xodimlari o‘z faoliyatida jahldor olaboylardan foydalanadigan bo‘ldi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Xabarga muvofiq, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov kuch ishlatish muassasalari rahbarlariga ish faoliyatida olaboy (bo‘ribosar)lardan foydalanishni buyurgan.

Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti quruvchilarga gitara chalib qo‘shiq kuylab berdi
Turkmaniston Xavfsizlik kengashi kotibi, Mudofaa vaziri Yaylim Berdiyev Turkmanboshiga turkman olaboylari ishtirokida amalga oshirilgan maxsus treninglar haqida axborot bergan, deb yozadi nashr.

Berdiyevga ko‘ra, olaboylar o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida bebaho ishchanlik qobiliyatini namoyish etgan. Ya’ni bo‘ribosarlar jinoyatchilarni ushlash, portlovchi va giyohvand moddalarni aniqlashda katta mahorat ko‘rsatgan.

Mana shu axborotdan so‘ng, Berdimuhammedov olaboylar professional tayyorgarlikdan o‘tadigan ixtisoslashtirilgan markazlarni tashkil qilish to‘g‘risida buyruq bergan. Markazda tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘ribosarlar keyinchalik huquqni muhofaza qilish tuzilmalariga xizmatga jalb qilinadi, deb yozadi nashr.

"Bugungi kunda, asrlar o‘tib, kuchli va jasur, aqlli, chidamli, sodiq va do‘st olaboylar to‘laqonli oila a’zosiga tenglashtirilgan va ular soat sayin mashhur bo‘lmoqda. Qo‘rqmas qo‘riqchi va jangchi itlar bo‘lgan Olaboylar asl madaniyatimizning ajralmas qismidir", — degan Turkmanboshi.

Yangiliklar lentasi
0