Hodisalar

Toshkentda yer qimirladi

© AFP / ALBERTO PIZZOLIYer silkinishidan soʻng olingan surat, Italiya
Yer silkinishidan soʻng olingan surat, Italiya - Sputnik Oʻzbekiston
Yer silkinishi tugashi bilan Toshkent aholisi internetda bu hodisani muhokama qilishga kirishdi

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Internet foydalanuchilarining yozishiga qaraganda, Oʻzbekistonning bir nechta regionlarida mahalliy vaqt bilan 23-40lar atrofida yer silkinishi roʻy bergan.

"Jizzaxdan telefon qilishdi, yaxshigina yer qimirlabdi", — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

"Men esa menga shunday tuyulayaptimi deb oʻylabman", — deya zilzila boʻlganiga ishonmagan chilonzorlik foydalanuvchi.

"Yer silkinishidan uygʻonib ketdim", — deya oʻz fikrini qoldirgan samarqandlik Saida.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining soʻzlariga qaraganda, 3 soniya davomida kuchli yer silkinishi davom etgan.

Ayrimlar zilzila balli past boʻlganini aytishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala