Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi yoʻl oʻtkazgich qurilishi bilan tanishdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident qurilishning borishi bilan tanishib, quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbari poytaxtning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy koʻchalari kesishgan joyda qurilayotgan yoʻl oʻtkazgich bilan tanishdi.

Amu-Buxoro koʻprigi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Amu-Buxoro" kanali ustidagi yangi koʻprik Navroʻzda ochiladi

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr boʻlgan 6 polosali mazkur yoʻl oʻtkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu yerda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.

Koʻprikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr boʻlgan ikkita yer usti oʻtish yoʻlagi ham barpo etilmoqda. Yogʻin-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Prezident qurilishning borishi bilan tanishib, quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Koʻprik Navroʻz bayrami arafasida ishga tushirilishi moʻljallanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0