Kamilov Tillersonni AQSh Davlat kotibi bo‘lgani bilan tabrikladi

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTReks Tillerson, AQShning yangi Davlat kotibi
Reks Tillerson, AQShning yangi Davlat kotibi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kamilov Tillerson yangi lavozimda xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni barqaror rivojlantirishi va chuqurlashtirishiga, tinchlikni mustahkamlashiga ishonch bildirdi

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Reks Ueyn Tillersonni AQSh Davlat Kotibi lavozimiga rasman kirishgani munosabati bilan tabrik, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQSh Davlat kotibligiga Reks Tillersonni tayinladi
Tabrik maktubida R.U.Tillersonning yangi lavozimdagi ko‘p qirrali faoliyati tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni barqaror rivojlantirish va chuqurlashtirishga har tomonlama ko‘mak berishiga ishonch bildirilgan.

"O‘zbekiston kelgusida ham Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamfikrlilik, o‘zaro hurmat va foyda, bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan har taraflama hamkorlikni rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va gumanitar sohalardagi sherikchilikni har tomonlama rag‘batlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari yuzasidan konstruktiv muloqotni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashga qat’iy ahd qilgan", — deb ta’kidlanadi tabrik maktubida.

Yangiliklar lentasi
0