Toshkent arxitektura qurilish instituti yangi binoga ko‘chiriladi

© Uzbekistan TodayTashkentskiy arxitekturno-stroitelniy institut pomenyayet adres
Tashkentskiy arxitekturno-stroitelniy institut pomenyayet adres - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qorasuv-4 massivida TAQIning yangi binosi qurilishi boshlandi. Institut 1,5 yil ichida yangi binoga ko‘chib o‘tish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Oxirgi to‘rt yildan beri rejalashtirilayotgan qurilish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.

Oliy ta’lim maskanining Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan eski binosini dastlab to‘liq qayta ta’mirlash rejalashtirilgandi, lekin keyinchalik yangi majmua qurilish g‘oyasi g‘olib chiqdi. Yangi bino talaba va o‘qituvchilar ta’lim olishi va ijod qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish imkonini beradi.

Arxitektura instituti xabariga ko‘ra, yangi binoga ko‘chish bir — bir yarim yil ichida amalga oshiriladi. Bugungi kunda oliygohda iki mingdan ortiq talabalar bakalavriatda 13 yo‘nalish bo‘yicha magistraturada 20 ta mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0