Qamchiq dovonida harakat qayta tiklandi

© Sputnik / Stringer"Qamchiq" dovoni
Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV, IIV, Mudofaa vazirligi "O‘zgidromet" va "O‘zavtoyo‘l" kompaniyalari xodimlari sa’y-harakatlari bilan o‘tkazilgan tadbirlar tufayli dovonda avtomobil yo‘llari yana ochildi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Qamchiq dovoni orqali avtomobillar harakati qayta tiklandi deb xabar qolmoqda FVV matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 3-fevral kun soat 10:00 da A373 Toshkent-Osh yo‘lining 233 kilometrida hajmi 1000 kubga teng qosh ko‘chishi sodir bo‘lgan edi. Undan biroz o‘tib yo‘lning 243 kilometrida yana 250 metr kub hajmda qor ko‘chishi sodir bo‘lgan edi.

Shundan so‘ng, dovonda katta miqdorda to‘planib qolgan qor avtomobil yo‘lining boshqa bo‘laklariga ham xavf solayotgani tufayli — avtomobil harakati cheklangan edi.

O‘tgan kun davomida FVV, IIV, Mudofaa vazirligi "O‘zgidromet" va "O‘zavtoyo‘l"  kompaniyalari xodimlari tomonidan tashkilllashtirilgan, to‘planib qolgan qor uyumlarining majburiy ko‘chirish natijasida avtomobil yo‘llari tozalandi va qor ko‘chish xavfi bartaraf etildi.

Qamchiq dovoni O‘zbekiston Sharqida joylashgan, Farg‘ona vodiysini, Respublikaning boshqa hududlari bilan ulaydigan, muhim transport arteriyasi bo‘lib davon orqali avtombil va poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilgan. Dovondan sutkasiga 10-15 mingta avtomobil o‘tib turadi.

Yangiliklar lentasi
0