Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Quvaytga yo‘l olmoqda

© Sputnik / Aleksey Boysov / Mediabankka o‘tishAl Quvayt shahri
Al Quvayt shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 7 - 10-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Quvaytda bo‘ladi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Tashrif dasturidan bosh vazir shayx Jaber al-Muborak al-Hamad as-Sabah, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah, milliy majlis raisi Marzuq Ali Muhammad al-G‘anim bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Quvayt biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Tashrif davomida investitsiya, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0