Dunyoda

Ahmoqona oʻlim: selfi deb koʻlbarni oʻpmoqchi boʻlgan hindistonlik halok boʻldi

© Sputnik / Stanislav Korыtnikov / Fotobankka oʻtishKoʻlbarlar
Koʻlbarlar - Sputnik Oʻzbekiston
Hindistonning Mumbayida hayvonlar himoyachisi Somnat Mxatre kobra chaqishidan halok boʻldi. U "selfining dodasi"ni suratga olish uchun ilonni oʻpishga uringan

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Hindistonda balogʻat yoshidagi yigit selfi uchun koʻlbar ilonni oʻpishga urinib, halok boʻldi, deb xabar tarqatgan RIA Novosti.

Xabarga koʻra, yigitcha volonterlik ishlari bilan shugʻullangan, ilonlarni qutqargan va ularni parvarishlagan. Oʻz hayoti davomida 18 yashar bu yigit yuzdan ortiq ilonlarni oʻlim changalidan qutqarib qolgan.

Morj - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoyda selfi qilmoqchi boʻlgan suratkashni morj suv ostiga tortib ketdi
Yigitchani yaqindan tanigan guvohlarning soʻzlariga koʻra, Mxatre avtomobil balonlari ostidan topilgan koʻlbarni xavfsiz joyga olib borishi kerak boʻlgan. Ilon qutqarib qolingach, volonter selfi qilish maqsadida jonivorning boshidan oʻpmoqchi boʻlgan. Koʻlbar esa uni koʻksidan chaqqan.

Oʻsmir zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan. Besh kun davomida shifokorlar bemorning hayotini saqlab qolish uchun kurashganlar, ammo Mxatre hayotdan koʻz yumgan.

​Sodir boʻlgan hodisadan soʻng hindistonlik hayvonlar himoyachilari hukumatga murojaat etib, ilonlar bilan tryuklar tasvirlangan foto va videolar tarqalishiga qarshi choralar koʻrishni soʻrashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala