"Kamolot" fondiga yangi rahbar tayinlandi

Obuna bo‘lish
«Kamolot” fondi raisi boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, fondga yangi rais vazifasini bajaruvchi tayinlandi.

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. «Kamolot» yoshlar jamoat tashkilotning raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Sarvar Ashurov tayinlandi. Bu haqida fondning rasmiy sahifasi va uz24.uz nashri xabar qilmoqda.

“Kamolot” fondining sobiq raisi Bahodir G‘aniyev yanvar oyining oxirida O‘zbekiston prezidenti apparatining yoshlar bilan ishlash sektori rahbari etib tayinlangan edi.

Sarvar Ashurov 1982-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Milliy universitet va Moliya institutlarini yakunlagan. Ashurov 2013-yildan buyon “Kamolot” fondi raisi o‘rinbosari va “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0