O‘zbekistonda o‘tgan yil 62 mingta jinoiy ish ko‘rib chiqildi

© fotoliaHuquq va sud timsollari
Huquq va sud timsollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda narkotik va psixotrop moddalar oboroti, jinsiy zo‘ravonlik, bosqinchilik, talon-taroj, o‘g‘irlik, bezorilik va YHQni buzish holatlari kamaygan.

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘tgan yili O‘zbekiston sudlarida 84118 kishiga nisbatan 62 ming jinoiy ish ko‘rib chiqilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot-xizmati, podrobno.uz xabariga asosan.

O‘tgan yilda ko‘rib chiqilgan jinoiy ishlar tahlil qilinganda, unda oldingi yillarga nisbatan jinoyatchilik soni kamayishi yaqqol kuzatilmoqda. Ayniqsa, narkotik va psixotrop moddalar oboroti, jinsiy zo‘ravonlik, bosqinchilik, talon-taroj, o‘g‘irlik, bezorilik va YHQni buzish holatlari kamaygan.  

Undan tashqari 2016-yilda fuqarolik sudlari tomonidan 278 ming ish ko‘rib chiqilib,  ulardan 87,9 % ga nisbatan sud qarorlari chiqarilgan.

2016 yil davomida sudgacha yarashish tartibini samarali qo‘llash natijasida 14811 kishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Shuningdek, 350 mlrd so‘m miqdorida yetkizilgan moddiy zararni qoplagan va qonunchilik erkinlashtirili tufayli, 6270 kishiga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar qo‘llanilgan.

Undan tashqari, o‘tgan yil davomida 433637 kishiga nisbatan 344 ming ma’muriy javobgarlik ishlari ko‘rib chiqilgan.  

Yangiliklar lentasi
0