O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi

© Telekanal UZREPORT TVO‘zbek televideniyesi boshlovchisi
O‘zbek televideniyesi boshlovchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘oliblarga "Diydor" rejissorlik va aktorlik mahorati teatr-studiyasi davlat muassasasi huzurida tashkil etiladigan "O‘zbek suxandonligi" kursida o‘qish, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yoki xususiy teleradiokanallarda tegishli faoliyat yuritish uchun tavsiya beriladi

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi, deb xabar bergan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirigi matbuot-xizmati.

O‘zbekcha-ruscha so‘zlashgich - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek tilining tarixi yoxud Xodja, Dosmat, Maxamatlar qanday paydo bo‘lgani haqida
"Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan suxandonlik va boshlovchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularga har tomonlama ko‘maklashish va rag‘batlantirish, yosh boshlovchi-suxandonlarning ijodiy salohiyatini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratish, o‘zbek adabiy tilining nufuzini yanada yuksaltirish, yuqori malakali suxandon va boshlovchi kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida respublika "Yosh suxandonlar” tanlovini e’lon qildi", — deyiladi xabarda.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, unda nutq madaniyatini o‘zlashtirgan, boshlovchi-suxandonlik qobiliyatiga ega bo‘lgan 17 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat va sport ishlari boshqarmalarida 2017-yil 5 dan 18-fevralga qadar qabul qilinadi.

Sputnik - “Sen superzvezda” tanlovining axborot hamkori bo‘ldi
O‘zbekistonda yashab, ijod qilayotgan suxandonlik va boshlovchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarrespublika "Yosh suxandonlar” tanlovida o‘z salohiyatlarini yana bir namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

G‘oliblarga "Diydor" rejissorlik va aktorlik mahorati teatr-studiyasi davlat muassasasi huzurida tashkil etiladigan "O‘zbek suxandonligi” kursida o‘qish, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yoki xususiy teleradiokanallarda tegishli faoliyat yuritish uchun tavsiya beriladi.

Yangiliklar lentasi
0