Tramp Obamaga yoqishini aytdi

© REUTERS / Carlos BarriaAQShning yangi prezidenti Donald Tramp qasamod tadbirida Barak Obamani qarshi olmoqda
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp qasamod tadbirida Barak Obamani qarshi olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning sobiq rahbariga yoqishini aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Tramp Barak Obamaga o‘zi ham yaxshi munosabatda ekanligini qo‘shimcha qilgan

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp sobiq rahbar — Barak Obamaga yoqaman, deb hisoblashini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Mishel Obama, Melanya Tramp, Donald Tramp va Barak Obama Vashingtondagi Oq uyda - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Obama bilan choyxo‘rlik qilish uchun Oq uyga yetib keldi
Fox News telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, Trampning o‘zi ham Obamaga nisbatan yaxshi munosabatda ekanligini aytib o‘tgan.

"Biz kelishamiz. Bilmayman, u buni tan oladimi, yo‘qmi, ammo men unga yoqaman", — deb hikoya qilgan Tramp telekanalga bergan intervyusida. "U menga yoqadi, chunki men buni his qilaman", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Ammo bunga qaramay, Tramp ilgariroq o‘zi va Obama bir-birlari haqida yomon gaplarni ko‘p gapirganliklarini tan olgan. "Siyosat — ajabtovur narsa", — deya xulosa qilgan u.

Yangiliklar lentasi
0