Dunyoda

OAV: "ID"dan hafsalasi pir boʻlgan terrorchilar janglarda qatnashishdan voz kechmoqda

© AP Photo / Militant website via AP, FileIslom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari
Islom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
Qurollangan guruhlar ustida tadqiqot olib boruvchi analitik Aymen al-Tamimining soʻzlariga koʻra, jangarilarning bunday qaror qabul qilishlariga sabab, — "ID"ga aʼzolik ular oʻylagan narsa boʻlib chiqmaganligida boʻlishi mumkin

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasining chet ellik aʼzolari orasida itoatsizlik va jangovar harakatlarda qatnashishdan bosh tortish holatlari avj ola boshlagan, deb xabar qilgan RIA Novosti Washington Postga tayangan holda.

Mosul shahri yaqinidagi janglar - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
ID yetakchisi Mosuldan qochib ketdi
Bu haqda "Islom davlati" bazalarining birini qoʻlga kiritgan iroqlik harbiylar qoʻliga tushib qolgan hujjatlardan maʼlum boʻlgan. Hujjatlarda ana shunday 14 jangchi haqida maʼlumot berilgan.

Nashrda aytilishicha, misol uchun, jangarilar safiga qoʻshilgan belgiyalik bel ogʻrigʻiga duch kelgani haqida tibbiy xulosani taqdim etgan va shu sababli jangovar harakatlardan bunday buyogʻiga qatnasha olmasligini bildirgan. Frantsiyalik esa Iroqni tark etishi sababini oʻz yurtida oʻzini portlatmoqchiligi bilan tushuntirgan. Yana bir qancha terrorchilar oʻzlarini Suriyaga oʻtkazishlarini talab qilishgan, ayrimlari esa jangovar harakatlarda ishtirok etishdan shunchaki bosh tortishgan.

Qurollangan guruhlar ustida tadqiqot olib boruvchi analitik Aymen al-Tamimining soʻzlariga koʻra, jangarilarning bunday qaror qabul qilishlariga sabab, — "ID"ga aʼzolik ular oʻylagan narsa boʻlib chiqmaganligida boʻlishi mumkin.

"Bu jangarilar — biz qachondir toʻqnash kelgan eng yovuz jangarilar edi, deydi hujjatlarni topib olishga muvaffaq boʻlgan podpolkovnik Muhannad al-Tamimi. — Bundaylarning janglarda ishtirok etishdan voz kechishlari — bu ushbu uyushma — ular oʻylagan islom boʻlib chiqmaganidan dalolat beradi".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala