Bu yilgi Umra ziyoratiga 5350 kishi boradi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabariga ko‘ra, bu yilgi Haj va Umra ziyoratlari tashkil qilishda, avvalombor, oldin ziyoratda bo‘lmagan musulmonlar arizalari ijobatga olinadi.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Ushbu yilgi kichik Haj ziyoratiga O‘zbekistondan 5350 ziyortachi tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.

“Umra-2017” mavsumida 5350 nafar vatandoshlarimiz musulmon ziyoratgohlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ziyoratchilarning har bir guruhi Saudiya Arabistonida 10 kun bo‘ladi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Bahorgi kichik Haj yoki umra 20-fevraldan 1-aprelgacha davom etadi. Yozgi, Zul-hijja oyida bo‘lib o‘tadigan Haj ziyoratida 650 kishi ishtirok etishi  rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda O‘zbekiston uchun Haj va Umra ziyoratlari tashkil qilish maqsadida ajratilgan 11,2 ming kishilik kvotadan to‘liq foydalanilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0