Siyosat

Mirziyoyev yangi qonunlarni xalqqa tok-shoular orqali yetkazishni buyurdi

© IA "Jaxon"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga samarali tushuntirish ishlari masʼul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targʻibot boʻyicha guruhlar tuzish, turkum tele, radiokoʻrsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari eʼlon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-fevral kuni "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi" qarorga imzo chekdi.

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi xalq qabulxonasiga tashrif buyurishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: "Xalq qabulxonalari - adolat zamini boʻlsin"
Mustaqillik yillarida mamlakatda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish, nashr etishni tashkil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini "Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi"da leks.uz saytida joylashtirish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga huquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targʻibot oʻtkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish bu sohada muayyan kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.

Xususan, qonun hujjatlarini, jumladan, rasmiy tarqatmalarni tarqatishning yagona mexanizmi va tartibi mavjud emas edi, normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarsiz, kontseptsiyasiz va boshqa axborot materiallarisiz nashr etilar, davlat organlarining huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish boʻyicha choralar belgilanmagan edi.

Endilikda qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga sifatli va samarali tushuntirish maqsadida targʻibot tadbirlari va tushuntirish ishlari masʼul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targʻibot boʻyicha guruhlar tuzish, turkum tele, radiokoʻrsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari eʼlon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev hokimlarga jarima solishni taklif qildi
Xususan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish boʻyicha  qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllarini joriy qilishni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash buyurildi.

Qaror bilan shuningdek qonun hujjatlarini tarqatish tartibi va muddatlari aniq bayon etilgan qonun hujjatlarini tarqatish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish sxemasi tasdiqlanmoqda.

Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga tezkor yetkazish vazifasi yuklatilmoqda.

Bundan buyon barcha normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga qogʻoz va elektron shaklda Adliya vazirligiga yuboriladi, Adliya vazirligi esa bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan roʻyxat boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilishini taʼminlaydi.

Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligi yangi qabul qilingan hujjatlarni Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga bir kunlik muddatda joylashtiradi va har hafta Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari toʻplamida eʼlon qilib boradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala