Jamiyat

Mirziyoyevning Navroʻz haqidagi qaroriga oʻzbekistonliklar munosabati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida "Bu yil Navroʻz bayrami keng nishonlanadi", - deb eʼlon qilgan edi

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Aytish kerak-ki, Navroʻz bayramining Oʻzbekistonda keng nishonlanishi mamlakat fuqarolari tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev bu yil Navroʻz qanday nishonlanishini aytdi
Sputnik Oʻzbekiston nashri bu haqda eʼlon qilishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu xabarni yashin tezligida oʻzaro boʻlishdilar.

Quyida, internet foydalanuvchilari ushbu xabar ostida qoldirgan izohlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

"Toʻgʻrisini aytsam, soʻnggi yillarda hech qaysi milliy bayram koʻngildagidek nishonlanmagan edi. Bayramlar qayerda va qay tarzda nishonlanishini hech kim bilmasdi hatto. Yangi prezidentimiz tufayli bu yil hammasi oʻzgaradi, deb umid qilaman", — deb yozgan Baxtiyor Jalalov.

"Ajoyib qaror!" "Ura! Ura! Ura!!!!, — deya oʻzining cheksiz xursandchiligini yashirishmagan Olya va Firuza ismli internet foydalanuchilari.

"Juda ham ajoyib. Biz xalqlarni bir-biriga jipslashtiruvchi bunday bayramlar koʻproq boʻlishini xohlaymiz", — deb yozgan Venera Malovo.

"Dono qaror. Navroʻz — bu baribir umumxalq bayrami", — deya izoh qoldirgan Raximaxon Joʻrabayevna.

"Va nihoyat", — qisqa va loʻnda izoh qoldirgan Muqaddas ismli foydalanuvchi.

Toshkent tramvayi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda birinchi tramvay Navroʻz kuni yura boshlaydi
"Aytmang, va nihoyat aqlli qaror eʼlon qilindi", — deya Muqaddasning izohini maʼqullagan Rozaliya Gusmanova.

"Toʻgʻri qaror. Uyda oʻtirib hamma narsaga loqayd boʻlib qoldik. Xalq bilan hech kim ish tutmay qoʻygandi. Shu kechayu-kunduzda turar joylar, tumanlar obodonlashtirilyapti, hamma yoq goʻzallashib, chiroy ochyapti. Aziz hamyurtlar! Bunday oʻzgarishlarga befarq boʻlmang. Atrofimizni toza tutishga harakat qilaylik", — deya chorlagan Madina Rahmatova.

Xullas, Oʻzbekiston fuqarolari prezident qarorini bir ovozdan xursandchilik sadolari bilan qarshi olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala