Jamiyat

Muhammad Ismoil: Nasiba Maqsudova - oʻzbek televideniyesi afsonasi edi

© Foto : iz lichnogo arxiva poetaShoir Muhammad Ismoil
Shoir Muhammad Ismoil - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston jamoatchiligi yana bir judolikka uchradi. Millionlab oʻzbekistonliklarning sevimli suxandoni, dilbar jurnalist, bagʻrikeng ustoz Nasiba Maqsudova kuchli yurak xuruji oqibatida 8 fevral kuni olamdan oʻtdilar

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Taniqli shoir Muhammad Ismoil Nasiba Maqsudova haqida gapirar ekan, bu ayolga oʻzbek televideniyesi afsonasi deya taʼrif berdilar.

"Bu yil elimizning sevimli, ardoqli ayollari bizni birin ketin tark etishmoqda. Sal ilgariroq Tursunoy opamdan (Tursunoy Sodiqova demoqchi, muallif) ayrilib qolgan edik. Mana endi Nasiba opam…", — dedi suhbat davomida shoir.

Nasiba Maqsudova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Taniqli suxandon Nasiba Maqsudova vafot etdi
Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, Nasiba Maqsudova juda dilbar ayol edi. "Biz uzoq yillar "Oʻzbekiston" televideniyesida u kishi bilan birga ishlaganmiz. Juda dilbar ayol edilar. Mahoratli, bagʻrikeng ustoz edilar. Hamisha boshqalarga yordam qoʻlini choʻzar,  qandaydir sabab bilan televideniyega chiqishdan mahrum boʻlgan taniqli sanʼatkor, qoʻshiqchi va shoirlarni xalq bilan uchrashtirishga harakat qilar edilar.

Nasiba opaga ehtiromim baland — juda mehridaryo inson edilar. Faqat yaxshilik koʻrganman, birorta odamga qattiq gapirish nari tursin, hattoki, yomon gapirganlarini eshitmaganman. Nasiba Maqsudovaning vafoti — oʻzbek televideniyesi uchun juda katta, kutilmagan yoʻqotish boʻldi", — deb oʻz xotiralari bilan boʻlishdi Muhammad Ismoil.

14 yoshidan televideniye sohasiga kirib kelgan Nasiba Maqsudova butun hayotini oʻz kasbiga baxshida etgan, televideniye uchun yonib yashagan inson edi. Qariyb 50 yil davomida suxandonlik qilgan Nasiba Maqsudova respublikaning chekka-chekka qishloqlarida oʻz muxlislariga ega edi…

Sputnik Oʻzbekiston tahririyati nomidan marhumaning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qolamiz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala