Hodisalar

Nasiba Maqsudovaning dafn marosimi suxandonning Doʻrmondagi xonadonida oʻtkaziladi

© darakchi.uzDiktor va teleboshlovchi Nasiba Maqsudova
Diktor va teleboshlovchi Nasiba Maqsudova - Sputnik Oʻzbekiston
Millionlab oʻzbekistonliklarning sevimli suxandoni, dilbar jurnalist, bagʻrikeng ustoz Nasiba Maqsudova kuchli yurak xuruji oqibatida 8 fevral kuni olamdan oʻtgani haqida xabar bergan edik. Hozirda dafn marosimi qayerda oʻtkazilishi haqida maʼlum boʻldi

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Nasiba Maqsudovaning vafot etganligi haqidagi xabar oʻzbekistonliklar tomonidan chuqur qaygʻu bilan qarshi olindi.

Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida shoir Muhammad Ismoil Nasiba Maqsudova haqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:

Nasiba Maqsudova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Taniqli suxandon Nasiba Maqsudova vafot etdi
"Bu yil elimizning sevimli, ardoqli ayollari bizni birin ketin tark etishmoqda. Sal ilgariroq Tursunoy opamdan (Tursunoy Sodiqova demoqchi, muallif) ayrilib qolgan edik. Mana endi Nasiba opam… Nasiba Maqsudova oʻzbek televideniyesining afsonasi edilar…"

"My5" telekanali boshlovchisi Anvar Azimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Nasiba Maqsudovani oxirgi manzilga kuzatish marosimi ertaga, 10 fevral kuni soat 12:00 da teleboshlovchining Doʻrmondagi xonadonida oʻtkazilishini maʼlum qildi.

14 yoshidan televideniye sohasiga kirib kelgan Nasiba Maqsudova butun hayotini oʻz kasbiga baxshida etgan, televideniye uchun yonib yashagan inson edi. Qariyb 50 yil davomida suxandonlik qilgan Nasiba Maqsudova respublikaning chekka-chekka qishloqlarida oʻz muxlislariga ega edi…

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala