Dunyoda

Holid Shayx Muhammadning Obamaga maktubi eʼlon qilindi

© AP Photo / Chao Soi Cheong2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan terakt
2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika hukumati tomonidan 11 sentyabr teraktlarining bosh tashkilotchisi deb tan olingan Holid Shayx Muhammad Amerikaning sobiq prezidenti Obamaga oʻz xatida "ilonning boshi" va "zolimlik hukm surgan mamlakat prezidenti" deya murojaat qilgan

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. AQShda Amerika hukumati 11 sentyabr teraktlarining bosh tashkilotchisi deb biladigan — Holid Shayx Muhammadning 18 betlik maktubi qisman eʼlon qilindi. Ushbu maktub mamlakat sobiq prezidenti Barak Obamaga atalgan, deb yozadi Miami Herald nashri. RIA Novosti xabari asosida.

Muhammad oʻz maktubida 2001 yilning 11 sentyabrida sodir etilgan teraktlarda Vashingtonning oʻzi aybdor, deya taʼkidlagan.

11 sentyabrda roʻy bergan terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Barak Obama Saudiya Arabistonidan tovon talab qilishni man etdi
Maktub muallifining fikricha, AQSH hukumati bu orqali "butun dunyo boʻylab begunoh odamlarni oʻldirgan" tashqi siyosati uchun tovon toʻlagan. Muhammad shuningdek, "terakt kuni sizlarga qarshi biz urush boshlamagan edik" deb yozgan. Unga koʻra bu ishni "Amerika hukumati va mamlakatdagi diktatorlar" amalga oshirgan.

Muhammad Obamaga maktubda "ilonning boshi" va "zolimlik hukm surgan mamlakat prezidenti" deya murojaat qilgan.

Eʼlon qilingan maktub yakunida 2015 yil yanvar oyi sanasi qoʻyilgan. Maʼlum boʻlishicha, Guantanamo turmasi nazoratchilari Muhammadning ushbu maktubini Amerikaga yetkazishdan keskin bosh tortishgan. Ammo oʻtgan yilning sentyabrida Muhammadning advokati sudyadan ushbu ishga aralashishni iltimos qilgan va ayblanuvchi prezidentga murojaat etishga haqli ekanligini aytgan. Natijada harbiy sud advokat talabini qondirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala