Holid Shayx Muhammadning Obamaga maktubi e’lon qilindi

© AP Photo / Chao Soi Cheong2001 yil 11-sentabrda sodir etilgan terakt
2001 yil 11-sentabrda sodir etilgan terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika hukumati tomonidan 11-sentabr teraktlarining bosh tashkilotchisi deb tan olingan Holid Shayx Muhammad Amerikaning sobiq prezidenti Obamaga o‘z xatida "ilonning boshi" va "zolimlik hukm surgan mamlakat prezidenti" deya murojaat qilgan

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. AQShda Amerika hukumati 11-sentabr teraktlarining bosh tashkilotchisi deb biladigan — Holid Shayx Muhammadning 18 betlik maktubi qisman e’lon qilindi. Ushbu maktub mamlakat sobiq prezidenti Barak Obamaga atalgan, deb yozadi Miami Herald nashri. RIA Novosti xabari asosida.

Muhammad o‘z maktubida 2001-yilning 11-sentabrida sodir etilgan teraktlarda Vashingtonning o‘zi aybdor, deya ta’kidlagan.

11 sentabrda ro‘y bergan terakt - Sputnik O‘zbekiston
Barak Obama Saudiya Arabistonidan tovon talab qilishni man etdi
Maktub muallifining fikricha, AQSh hukumati bu orqali "butun dunyo bo‘ylab begunoh odamlarni o‘ldirgan" tashqi siyosati uchun tovon to‘lagan. Muhammad shuningdek, "terakt kuni sizlarga qarshi biz urush boshlamagan edik" deb yozgan. Unga ko‘ra bu ishni "Amerika hukumati va mamlakatdagi diktatorlar" amalga oshirgan.

Muhammad Obamaga maktubda "ilonning boshi" va "zolimlik hukm surgan mamlakat prezidenti" deya murojaat qilgan.

E’lon qilingan maktub yakunida 2015-yil yanvar oyi sanasi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Guantanamo turmasi nazoratchilari Muhammadning ushbu maktubini Amerikaga yetkazishdan keskin bosh tortishgan. Ammo o‘tgan yilning sentabrida Muhammadning advokati sudyadan ushbu ishga aralashishni iltimos qilgan va ayblanuvchi prezidentga murojaat etishga haqli ekanligini aytgan. Natijada harbiy sud advokat talabini qondirgan.

Yangiliklar lentasi
0