Pokiston Hindistonda "mahfiy yadro shaharchasi" qurilyapti, deb shov-shuv ko‘tardi

© AFP 2023 / ARIF ALI Pokiston politsiya xizmati
Pokiston politsiya xizmati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston "mahfiy yadro shahar"ni barpo etmoqda. U yerda termoyadroviy qurol-yarog‘lar, kontinentlararo raketalar ishlab chiqariladi va yadro qurollari saqlanadi, deb bayonot qildi Pokiston TIV vakili Nafis Zakariya

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Pokiston Hindistonda "mahfiy yadro shaharchasi" qurilayotgani haqida e’lon qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Maxsus qismlar o‘quv-mashg‘ulotlari, Isroil - Sputnik O‘zbekiston
Pokiston chegarisiga yaqin joylashgan Hindiston aviabazasiga hujum uyushtirildi
Hindiston "mahfiy yadro shahar"ni barpo etmoqda. U yerda termoyadroviy qurol-yarog‘lar, kontinentlararo raketalar ishlab chiqariladi va yadro qurollari saqlanadi, deb bayonot qildi Pokiston TIV vakili Nafis Zakariya.

O‘z so‘zlariga dalil keltirmagan Zakariya, Hindiston shuningdek kontinentlararo ballistik raketa ustida hamda kontinentlararo ballistik raketalarni ushlab qolishga qodir raketa mudofaasiga qarshi tizimni yaratish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan. Zakariya, o‘z bayonotiga qo‘shimcha tarzda Hindistonni Pokistonda amalga oshirilgan terrorchilik aktlariga homiylik qilayotganlikda ayblagan.

Assoshieyted Press nashri esa Hindiston tomon ushbu xabarni rad etayotganini yozgan.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Zakariyaning ushbu bayonotini "asossiz ayblov" deb atagan. "Pokistonning mahfiy yadroviy shahar haqidagi xabari — uning xayolotida vujudga kelgan to‘qimadir", — deb aytgan Hindiston TIV vakili Vikas Svarup.

Yangiliklar lentasi
0