Rossiya aviazarbasidan Turkiyaning uch askari qurbon bo‘ldi

© AFP 2023 / OZAN KOSETureskaya armiya
Tureskaya armiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Toyyip Erdo‘g‘onga ushbu fojea yuzasidan hamdardlik bildirdi.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik.  Turkiya Bosh shtabi xabariga ko‘ra, Suriyada Rossiya aviazarbasi oqibatida Turkiyaning 3 askari qurbon bo‘lgan va 11 askari yaralangani, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya samolyotlari El-Bab shahri yaqinida, "Islom davlati" janagarilariga zarba berganda, bombalarning biri Turkiya harbiylari bo‘lgan binoga tekkan.

Moskva va Anqara ushbu fojea yuzasida birgalikda tekshiruv olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Toyyip Erdo‘g‘onga ushbu fojea yuzasidan hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya harbiylari Suriya Shimolida "Yevfrat qalqoni" operatsiyasida ishtirok etmoqda. Yanvar oyining o‘rtalaridan boshlab Rossiya va Turkiya harbiy havo kuchlari Suriya hududida o‘rnashib olgan terrorchilarga qarshi birgalikda kurash olib bormoqda. Berilgan zarbalar natijasida terrorchilarning 60ta qurol-yarog‘ va yonilg‘i omborlari, harbiy texnikasi va shtablari yo‘q qilindi.

Yangiliklar lentasi
0