Hodisalar

Samarqandda eshak soʻygan "biznesmenlar" sud qilindi

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Samarqandda eshaklar qabristonini vujudga keltirganlar ustidan sud boʻldi
Samarqandda eshaklar qabristonini vujudga keltirganlar ustidan sud boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda suv akvatoriyasi yaqinida "eshaklar goʻristoni"ni vujudga keltirgan besh nafar fuqaro ustidan sud hukmi oʻqildi

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. 2016 yilning 15 dekabr kuni Samarqand shahri tashqarisidagi Xishrav qoʻrgʻoni hududida joylashgan markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida koʻp miqdorda eshak jasadlari, suyaklari aniqlangani haqida xabar bergan edik. Xabar soʻnggida Samarqand viloyati IIB ushbu holatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borayotgani haqida ham aytib oʻtgan edik.

Jurnalist Toshpoʻlat Rahmatullayev oʻz blogida Samarqandda "eshaklar goʻristoni"ni tashkil qilganlar ustidan sud boʻlgani haqida yozgan va ushbu jarayon haqida batafsil toʻxtalgan.

Samarqandda eshaklar goʻristoni yoʻq qilinmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqandda yuzlab eshaklar kim tomonidan va nima maqsadda soʻyildi?
Rahmatullayevning yozishicha, u ushbu hodisa haqida batafsil maʼlumot olish maqsadida Samarqand IIBB podpolkovnigi Otabek Jalilovga murojaat qilgan. 26 yanvar kuni tuman militsiya rahbaridan kelgan javob maktubida ushbu ish yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishi oʻz nihoyasiga yetgani maʼlum qilingan. Jinoyatga aloqador shaxslarning barchasi qoʻlga olingani ham aytib oʻtilgan.

Eshak goʻshti qayerda ishlatilgan?

Militsiya rahbarining jurnalistga yoʻllagan javob maktubida eshaklar goʻshti biron-bir maqsadda ishlatilmagani aytilgan. "Menimcha, ular eshak goʻshti jamoatchilik ovqatlanadigan punktlarga yetkazilmaganligiga alohida urgʻu bermoqchi boʻlishgan", deb yozadi muallif. Xabarda ushbu ish Samarqand tumani jinoiy ishlar sudiga oshirilgani aytilgan. Shundan soʻng jurnalist Samarqand tuman jinoiy ishlar boʻyicha sudiga murojaat qilib, ushbu ish materiallari bilan tanishgan.

"Qoʻl tashlang, oshna"

Kishan - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqandda tovlamachi IIB xodimlari qoʻlga olindi
Hujjatlarga koʻra, "eshak biznesi"ga Samarqand viloyatining besh nafar fuqarosi jalb qilingan. Maʼlum boʻlishicha, ulardan biri Shohrux Alibekov Malayziyada andijonlik Azizbek Rahmonov bilan tanishgan. Yangi tanishi Shohruhga maʼlum mablagʻ evaziga eshaklar terisini yetkazib berib turishni taklif qilgan. Alibekov bunday hamkorlikka rozi boʻlgan.

Shundan soʻng SH. Alibekov yangi biznes planni yoʻlga qoʻyish uchun guruh tuzadi. Va u yerga oʻz tanishlari Davron Rabbimov, Elbek Ibragimov, Ulugʻbek Toʻxtashev hamda Dilshod Toʻxtamishevlarni jalb qiladi.

Goʻshti emas, terisi kerak

Sud ishida taʼkidlanishicha, SH. Alibekov D. Rabbimovga 3 marta ikki million soʻmdan pul bergan. Rabbimov bu pullarga Bulungʻur va Jomboy tumanlaridan eshaklarni xarid qilgan va E. Ibragimovning yuk mashinasida jonivorlarni Samarqand tumani Doʻstlik mahallasiga yetkazib berib turgan. Ibragimov va Rabbimov eshaklarni soʻyib, terisini oʻzlarida olib qolib, goʻshtini tashlandiq joy va suv havzasiga olib borib tashlashgan.

Bir oy davom etgan biznes

Toʻxtamishev eshak goʻshtini akvatoriyada yetishtirayotgan baliqlar uchun ozuqa sifatida foydalangan. Eshak suyaklarini esa maxsus maydalagichda maydalab, suv havzasiga yaqin joyda joylashgan yertoʻlaga va akvatoriyaga olib borib tashlagan. Shuningdek, maydalangan suyaklardan tovuqlar uchun ozuqa sifatida foydalanilni tovuqlar ga bergan.

Alibekov va uning sheriklari bu antiqa biznes bilan hujjatga koʻra, bir oy davomida shugʻullanishgan.

"Guruh qilmishida jinoyat yoʻq!"

Samarqand IIBB tergov boʻlimi tergovchisi M. Safarov guruhning qilmishida jinoyat tarkibi yoʻqligi tufayli ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻashni rad etgan.

Kolbasa mahsulotlari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Urganchda yashirin kolbasa tsexi fosh etildi
24 yanvar kuni Samarqand tuman jinoyat ishlari boʻyicha sudida sudya Bobirjon Abduvohidov raisligida sud majlisi boʻlib oʻtgan.

SH. Alibekov, D. Rabbimov, E. Ibragimov, U. Toʻxtashev, va D. Toʻxtamishevlar sud qilingan.

Sud guruh aʼzolarini "maʼmuriy jinoyat sodir etish va hayvonlar bilan shafqatsiz muomala qilish"da aybdor deb topgan va ularga eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida jarima solgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala