O‘zbekistonda yil oxirigacha 30ta farmatsevtika korxonasi quriladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishFarmatsevtika zavodi
Farmatsevtika zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat farmatsevtika bozorida mahalliy mahsulot ulushi 50%dan oshdi, 2017-yil oxirigacha esa ushbu ko‘rsatkichni 70%gacha yetkazish rejalashtirilgan

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Keyingi vaqtda dori va tibbiyot preparatlarini ishlab chiqaruvchilar uchun berilgan imtiyozlar bu yil yana 30ta yirik farmatsevtika korxonasini ishga tushirishga imkon berdi, deb xabar bermoqda nuz.uz "O‘zfarmsanoat" DAK rahbari Mirzanozim Do‘smurotovning so‘zlariga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda ikki mingdan ortiq nomda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi 140 farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

"Tushunarliki, bu yetarli ko‘rsatkich emas va sohada real import o‘rnini bosishni ta’minlash borasida izchil rivojlanish zarur. Shu maqsadda prezident tomonidan qisqa muddat ichida dori-darmon ishlab chiqaruvchilar uchun aniq imtiyozlar beruvchi qator hujjatlar e’lon qilindi. Yaratilgan mazkur sharoitlar joriy yilda yana 30ta yirik farmatsevtika korxonasini ishga tushirish imkoniyatini beradi", — dedi Do‘smurotov.

Vitrina s lekarstvennimi preparatami - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xorazmda qurilayotgan farmatsevtika korxonasi bilan tanishdi

Mamlakat farmatsevtika bozorida mahalliy mahsulot ulushi 50%dan oshdi, 2017-yil oxirigacha esa ushbu ko‘rsatkichni 70%gacha yetkazish rejalashtirilgan.
Do‘smurotov bundan tashqari, 2017-yilda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga qat’iy belgilangan narxdagi dori-darmonlar ro‘yxati ham kengayadi. Istiqbolda esa vaqt o‘tgani sari mahalliy dori-darmonlar narxi arzonlashib boradi.

"O‘zfarmsanoat" raisi keltirgan statistikaga ko‘ra, 2016-yilda mahalliy korxonalar 340 million dollarlik mahsulot ishlab chiqargan. Mahalliy dori-darmonlarning narxi chetdan keltiriladiganlarnikiga nisbatan arzonligi e’tiborga olinsa, 700 mln $ iqtisod qilindi. "O‘zfarmsanoat"ning mo‘ljalicha, ushbu ko‘rsatkich bu yil yanada oshadi.

Yangiliklar lentasi
0