Siyosat

Vazir oʻrinbosari Past Dargʻom tumaniga hokim etib tayinlandi

© Sputnik / Mixail GenisSamarqand viloyatiga kirish yoʻli
Samarqand viloyatiga kirish yoʻli - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati hokimi tavsiyasiga koʻra, shu paytgacha Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullayevich Past Dargʻom tumani hokimi etib tasdiqlandi

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. 9 fevral kuni xalq deputatlari Past Dargʻom tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilingan "Zarafshon" nashrida.

Nashrda maʼlumot berilishicha, sessiyada tashkiliy masala koʻrilgan.

Oliy Majlis binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Vazir boʻlgan hokim yoxud Oʻzbekistondagi kadrlar almashuvi haqida
Vohid Rahimov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan Past Dargʻom tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Samarqand viloyati hokimi Oqboʻtayev tavsiyasiga koʻra, shu paytgacha Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullayevich Past Dargʻom tumani hokimi etib tasdiqlangan.

"Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan Ergashev Sobir Fayzullayevich Samarqand viloyati Past Dargʻom tumaniga hokim etib tayinlansin", — deyilgan Samarqand viloyati hokimi imzolagan qaror matnida.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala