Toshkent shahridagi 6ta avtobusda bepul internet paydo bo‘ldi

© FacebookBepul Wi-Fi haqida ma’lumot beruvchi nakleyka
Bepul Wi-Fi haqida ma’lumot beruvchi nakleyka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtobuslardagi bepul internetdan foydalanish uchun avvaliga SMS xabar jo‘natish, so‘ngra olingan maxfiy raqamni maxsus Captive portal portaliga kiritish lozim. Internet faqatgina Mercedes-Benz firmasi avtobuslarida mavjud

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi UZMOBILE bilan hamkorlikda 11-fevraldan boshlab Toshkent shahar avtobuslarida Wi-Fi yordamida bepul internet taqdim etish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shahar transportida elektron to‘lov tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Avtobuslarida elektron to‘lov tizimi joriy etiladi
Hozircha global tarmoqqa bepul kirish imkoni bir hafta davomida oltita: 10, 14, 24, 28, 51, 95-raqamli shahar avtobusi yo‘nalishlarida taqdim etilgan. Shu bilan bir qatorda, poytaxtdagi barcha avtobuslarni joriy yil yakuniga qadar internet bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, internetga bepul ulanish imkoni bo‘lgan avtobuslar eshiklarida maxsus — Wi-Fi BUS belgilari o‘rnatiladi.  

Yo‘lovchi UZMOBILE Wi-Fi tarmog‘iga ulanish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirishi lozim:

1 — abonent (+99895)146-94-34 raqamiga SMS xabar jo‘natishi lozim.

2 — "UZMOBILE Wi-Fi" nomli tarmoqni topishi kerak

3 – olingan maxfiy raqamni maxsus Captive portal portaliga kiritishi (abonent mobil uskunasidagi brauzer ochilganda avtomatik yo‘naltiradi).

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar ma’muriyati o‘tgan yilda ham bunday loyihani amalga tatbiq etmoqchi bo‘lgan, biroq tajriba haftasidan so‘ng bu ish to‘xtab qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0