Dunyoda

Shtaynmayer Germaniya prezidenti etib saylandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Rossii Germanii Frank-Valter Shtaynmayer
Ministr inostrannыx del Rossii Germanii Frank-Valter Shtaynmayer - Sputnik Oʻzbekiston
Mutaxassislar fikriga koʻra, bugun boʻlib oʻtgan saylov Germaniya kantsleri Angela Merkelning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga boʻlgan taʼsirini susaytiradi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri sotsial-demokrat Frank-Valter Shtaynmayer bugun Germaniya prezidenti lavozimiga saylandi, RIA Novosti xabariga asosan.

Shaynmayer nomzodiga 1239 nafar Federal yigʻin qatnashchilaridan 931 kishi ovoz berdi. Bu kerak boʻlgan minimal ovozdan 50% ga koʻp. Prezident etib saylanish uchun Shtaynmayerga 631 ovoz yetarli edi.

Germaniya TIV rahbari F. Shtaynmayer - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shtaynmayer: nemislar sobiq Ittifoq xalqlaridan cheksiz minnatdor

Aytib oʻtish joizki, Germaniyada prezident vakolatlari boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha cheklangan. Konstitutsiyaga koʻra prezidentning asosiy vazifalari bu: xalqaro maydonda mamlakat vakili vazifasini bajarish, qabul qilingan qarorlarni imzolash va diplomatik vakillarni tasdiqlash kiradi.

Haqatdan mamlakatni boshqaradigan kishi esa — Germaniya kantsleridir. Kantsler vazirlar mamlakatida boshchilik qilish, mamlakat hukumatini tasdiqlash, vazirlar nomzodlarini tanlash va ularning vakolatlarini belgilash huquqiga ega.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shtaynmayerni gʻalab bilan tabriklab, oʻziga qulay boʻlgan vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala