Jamiyat

Lukoyl Oʻzbekistonda qanday yonilgʻi sotishini xabar qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishToplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
"Lukoyl" Toshkentda yaqin kelajakda ochiladigan birinchi AYOQShda yuqori sifatli AI-92, AI-95 va dizel yonilgʻisi sotilishini xabar qildi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. "Lukoyl" kompaniyasi sobiq Toshkent aviatsiya zavodi yaqinida joylashgan, kompaniyaning Oʻzbekistondagi birinchi AYOQShida qanday yonilgʻi sotilishini xabar qildi, Podrobno.uz xabariga asosan.

Kompaniya xabariga koʻra bu yerda yuqori sifatli dizel yonilgʻi, hamda Yevro-5 standartiga mos keladigan AI-92 va AI-95 markali benzin sotiladi.

Undan tashqari AYOQShda mijozlarga avtomobil balloni bosimini tekshirish, salonni changyutgich yordamida tozalash kabi xizmatlar ham taklif qilinadi. Shuningdek, AYOQSH yaqinida minimarket — kichik magazin ham boʻlib, unda oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobil aksessuarlari hamda "Lukoyl" motor moylari va avtoximiya mahsulotlari sotiladi.

Lukoyl kompaniyasi zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev “Lukoyl” rahbari Alekperov bilan uchrashdi

24 soat ishlaydigan AYOQShda kichik kafe, uyali aloqa vositalarini zaryadlash va bepul Wi-Fi xizmatlari ham boʻlishi taʼkidlanmoqda.

Kompaniya xabariga koʻra,  benzin narxlari va shaxobcha ochilish aniq sanasini yaqin orada maʼlum qilinadi.

OAVlarda paydo boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, kelajakda Oʻzbekistonda 50ta va undan ortiq "Lukoyl" yonilgʻi quyish shaxobchalari paydo boʻlishi mumkin, lekin buning uchun Rossiyadan quvur orqali neft yetkizib berish tizimini ishga tushirish kerak. Kompaniya bu borada Rossiya hukumati va neft yetkizib beruvchi yirik kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala