Jamiyat

Toshkent - Samarqand yoʻlining Qozogʻistondan oʻtgan qismi bir-ikki haftada ochiladi

Ushbu yoʻldan oʻtayotgan Oʻzbekiston fuqarolari migratsiya kartalari toʻldirishi kerak boʻladi xolos. Pasportlarga pechat bosilmaydi va hech qanday toʻlov olinmaydi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston fevral oyining oxirigacha  M-39 yoʻlining Qozogʻistondan oʻtgan qismini rekonstruktsiya qilishni yakunlashga kelishib olishdi, bu xaqda Sputnik muxbiriga Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi Yerik Utembayev xabar qildi.

Uning soʻzlariga qaraganda Oʻzbekiston va Qozogʻiston tomonari yoʻlni ochish uchun kerakli tayyorgarlikni izchil ravishda olib borgan. Xususan, ikki mamlakatning chegaradan oʻtkazish postlari belgilab olingan va ular tunu-kun ishlash tartibiga oʻtkazilgan.

"Oldin postlar faqat kunduzi ishlar edi, endi boʻlsa ulardan ikkitasi tunu-kun ishlash tartibiga oʻtkazilgan. Asosiysi Oʻzbekiston fuqarolariga Qozogʻiston chegarasidan oʻtish jarayoni osonlashtirildi. Qozogʻiston hududuiga kirishda Oʻzbekiston fuqarolari migratsiya kartochkalari toʻldiradi, chiqishda esa uni topshiradi. Pasportlarga shtamp qoʻyilmaydi", — dedi diplomat.

Migratsiya kartochkalari shaxsiy tartibda xususiy avtomobilda oʻtayotganlar va guruh bilan avtobusda oʻtayotganlar uchun ham amal qiladi. Chegarada oʻtishda hech qanday toʻlov olinmaydi.

M-39 yoʻli - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jizzax-Toshkent yoʻlining Qozogʻistondan oʻtgan qismi ochiladi

"Biz harakatni fevral oxirigacha ishga tushiramiz. Qozogʻiston tomonidan qilinishi kerak boʻlgan barcha amaliyotlar yakunlandi. Oʻzbekiston tomonidan ham barcha kerakli ishlar bajarilganidan keyin birgalikda chegarani ochamiz. Bu yaxshi qadam boʻldi, bu turistik oqimlar koʻpayishiga xizmat qiladi", — dedi Yerik Utembayev.

Bugungi kunda qozgʻistonlik yoʻlchilar, avtoyoʻlni qayta ochish uchun kerak boʻladigan  rekonstruktsiyaning birinchi bosqichini yakunlagan. Keyinchalik esa yoʻlning ushbu  qismi eng yuqori standarlar darajasiga yetkizish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, M-39 yoʻlining Qozogʻistondan oʻtgan qismi 2006 yilda berkitilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala