Yunusobodda qulfbuzar o‘g‘rilar qo‘lga olindi

© Foto : PUBLIC DOMAINProdaja ukrasheniy. Arxivnoe foto
Prodaja ukrasheniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yunusobodlik ayolning uyidan qimmatbaho buyumlar o‘marib ketgan uch nafar yosh yigit qo‘lga olindi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Toshkent shahrining Yunusobod tuman IIBga Xasanboy mahallasida yashovchi ayol murojaat qilib, uning uyidan pul va qimmatbaho buyumlar yo‘qolganini xabar qilgan, nuz.uz xabariga asosan.

Xususan, ayol uyidan to‘rtta taqinchoq va uchta qimmatbaho erkaklar soati  yo‘qolganini xabar qilgan.

Huquqni saqlash organlari o‘tkazgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, o‘g‘rilar uy qulfini unga mos keladigan kalit yordamida ochgani ma’lum bo‘lgan. Jinoyat joyida aniqlangan izlar va qo‘shnilardan olingan ma’lumotlar natijasida ikki nafar 1992 tug‘ilgan va bir 1994-yilda tug‘ilgan mahallada yashovchi yigitlar qo‘lga olingan.

Ayni damda ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0