Jamiyat

Frantsiyada Oʻzbekiston haqida jurnal nashr etildi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Fotobankka oʻtishEyfel
Eyfel - Sputnik Oʻzbekiston
Frantsiyada L'Ouzbekistan aujourd'hui - "Oʻzbekiston bugun" jurnalining ilk soni nashr etildi. U oʻquvchilarni mamlakat siyosi, iqtisodiy va madaniy hayotidagi yangiliklar bilan tanishtirib boradi

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Jurnal frantsuz va ingliz tillarida chop etildi hamda Frantsiyadagi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar ijtimoiy-siyosiy, akademik, ishbilarmon va madaniy davralariga tarqatildi, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Nashrning birinchi soni Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimidagi tantanali chiqishi va 2016 yil 14 dekabrda Oliy Majlisning qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqi bilan ochib berilgan.

Adolat va qonun ramzi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koreya jurnali Oʻzbekistondagi sud-huquq islohotlari haqida maqola chop etdi

Jurnalda shuningdek, mamlakatning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi asosiy koʻrsatkichlari va 2017 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning ustuvor yoʻnalishlari ham berilgan.

Nashr mamlakat prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashuvi va ularning oldiga qoʻyilgan vazifalar haqida maʼlumot beradi.

Turizm sohasiga bagʻishlangan maqolada Oʻzbekistonning turizm salohiyati haqida soʻz boradi.

Yangi jurnal Yevropa mushtariylari uchun Oʻzbekistonning bugungi hayoti haqida maʼlumot beruvchi yana bir manbaga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala