Tadbirkor ishchilari soniga qarab kredit foizi belgilanadi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida kichik biznes vakillariga mikrokreditlar beriladi. Kredit foizi tadbirkor yaratgan ish o‘rniga qarab belgilanadi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Toshkentda kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar uchun kredit berishning yangi tartibi ishlab  chiqildi.

Bank xodimlari uyma-uy yurib imtiyozli kredit taklif etmoqda

O‘zbekiston Prezidentining mikrokreditlar berish tizimini yengillashtirish haqidagi qaroriga asosan, mikrokreditlar o‘rta va maxsus ta’lim kollejlari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar, mehnat birjasida ro‘yxatda turgan fuqarolar, oilaviy va xususiy tartibda ishlaydigan tadbirkorlarga berilishi mumkin.  

Imtozli kreditlar eng kam ish haqinidan 200 barobarigacha bo‘lib, umumiy kreditlash muddati uch yilgacha, undan olti oyi imtiyozli muddat sifatida belgilanishi mumkin.

Mikrokreditlar yillar foiz stavkasi tadbirkor yaratgan ish o‘rniga qarab belgilanadi: bir ish o‘rni uchun – 9 %, ikki ish o‘rni uchun – 8%, 3-4 ish o‘rni uchun – 7%, besh va undan ortiq ish o‘rinlari uchun – 6 %ni tashkil qiladi.

O‘zbekistondagi barcha tijorat banklari tadbirkorlarga ushbu tartibda mikrokreditlar ajratishni rejalashtirgan. Respublika bo‘yicha umumiy hisobda 277 mlrd so‘m kredit ajratish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0