Yulduz Usmonovaning konsertiga xorijliklar uchun turistik marshrut tashkil qilindi

Obuna bo‘lish
Turistik kompaniya vakillarining fikricha,O‘zbekiston madaniyati, o‘zbek yulduzlarining konsertlari MDHning ko‘plab davlatlarida qiziqish uyg‘otadi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekistonning yirik turistik operatorlaridan biri Yasmina-tour o‘zbek estradasining mashhur yulduzi Yulduz Usmonovaning bo‘lajak konsertlariga bag‘ishlab xorijliklar uchun maxsus marshrut tashkil qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Turistik kompaniya vakillarining fikricha, O‘zbekiston va sobiq ittifoq respublikalari o‘rtasida hamisha do‘stona munosabat bo‘lgan, o‘zbek san’atkorlarini hamma joyda sevib-ardoqlashgan.

Yulduz Usmonova - Sputnik O‘zbekiston
Yulduz Usmonova aprelda konsert beradi

"Yalla" guruhi hali-hamon Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida ommaviyligini yo‘qotmagan. Farrux Zokirov MDHning to‘qqizta mamlakati xalq artisti unvoniga ega. O‘zbekiston madaniyati, o‘zbek yulduzlarining konsertlari ko‘plab qo‘shnilarimizda qiziqish uyg‘otadi. Biz barchani o‘zbek estradasi qirolichasi, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning takrorlanmas shou-konsertiga taklif etamiz", — deyiladi kompaniya xabarida.

Yulduz Usmonovaning yakkaxon konsert dasturlari 11-23 aprel kunlari "Istiqlol" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Muxlislar 13 kun davomida jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan "Ey aziz inson" nomli konsert dasturidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Konsert uchun chiptalar narxi 20 ming so‘mdan 250 ming so‘mgachani tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0