Berdimuhammedov Turkmaniston prezidenti etib saylandi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishTurkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga tabrik maktubini yo‘lladi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ashxobod - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Mirziyoyev maktubda "yaqinda bo‘lib o‘tgan saylov natijalari Turkmanistonning farovonligi, jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun Sizning uzoqni ko‘ra biladigan rahbarligingiz ostida olib borilayotgan chuqur o‘ylangan va samarali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi tomonidan yuqori ishonch bildirilganligining va to‘liq qo‘llab-quvvatlanishining yana bir yorqin ifodasi" ekanligini qayd etdi, deyiladi xabarda.

Bugun vaqt va hayot sinovidan o‘tgan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va totuv qo‘shnichilik rishtalari xalqlarimizning ko‘p asrlik yaqin munosabatlari asosida muvaffaqiyatli rivojlanib va mustahkamlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik, salomatlik va mas’uliyatli davlat lavozimida yangi yutuqlar, birodar turkman xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Yangiliklar lentasi
0