Jamiyat

Dorixonalar faoliyati ustidan nazorat kuchaytirildi

© Gabriela Sabau / judo.uzAdxam Ikramov novыy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana
Adxam Ikramov novыy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda ishlayotgan dorixonalar bundan buyon faqat belgilangan miqdorda ustama narx qoʻyib sotadi. Bir joyda yopilgan dorixona oʻrnida uch yilgacha boshqasi ochilmaydi.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yil boshidan buyon Tibbiyot sohasini jiddiy tanqid ostiga olgan edi. Sohadagi mavjud muammolar qatorida aholiga dorilar yetkizib berish, yaʼni dorixonalar faoliyati ham jiddiy tanqid qilingan edi.

Undan tashqari 2016 yilning 31 oktyabr kuni "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori ham qabul qilinib yangi yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan edi.

Tibbiyot va dorixonalar sohasida islohotlar boshlanganidan bir yarim oy oʻtib, Oʻzbekiston Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Press klub"da soha rahbariyatining jurnalistlar bilan uchrashuvi boʻlib, oʻtdi deb yozadi qalampir.uz nashri.

"Dori vositalarini sotishda 13 foizgacha va chakana sotishda 20 foizgacha ustama narx qoʻyish qatʼiy ravishda belgilab qoʻyildi. Dorixonalarda 340 ta dori-darmon vositalari cheklangan narxda belgilab qoʻyilgan. Shulardan 160 tasi maxalliy ishlab chiqarilgan dorilar", — dedi majlisda soʻzga chiqqan Dori vositalari sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi Habibulla Jalilov. 

Jalilov aytishiga qaraganda, dunyo boʻyicha har yili dori-darmon vositalarining narxi inflatsiya

Dori vositalari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan dorilar narxi 44 % gacha tushirildi
hisobiga 8-10 foizgacha oshib boradi. Oʻzbekistonda esa 8-40 foizgacha arzonlashtirilgan.

Xaridorlar, koʻrsatilgan qoidalarga amal qilmay, qimmat narxda sotilayotganining guvohi boʻlishsa, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki Soliq inspektsiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Uchrashuvda, shuningdek sogʻliqni saqlash vaziri, bosh vazir oʻrinbosari Adham Ikromov ham fikr bildirdi.

"Ilgari biror dorixonada noqonuniy faoliyat kuzatilsa, yopilardi va yana mazkur joyni oʻzida boshqa dorixona ochishga ruxsat bor edi. Endilikda bunga chek qoʻyildi va qonun buzilishi holati aniqlansa, aynan shu joyda 3 yilgacha dorixona ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydi", — dedi vazir.

Shuningdek Adham Ikromov dorixonalarda sotilayotgan dori-darmonlarning oʻtgan yilgi bilan narxlari haqidagi solishtirma maʼlumotlar eʼlonlar taxtachasida boʻlishikerakligini ham aytib oʻtdi. Vazir soʻzlariga qaraganda, bugungi kunda eʼlonlar taxtachasida 116 ta dorilarning solishtirma narxlari boʻlishi kerak. Bir haftadan keyin (vazirlik oʻtkazayotgan tender tugaganidan keyin) esa yana 227 ta dori vositalari nomi paydo boʻlishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala