Dunyoda

Qirgʻizistonda terrorchi uyushmalar roʻyxati chop etildi

© AP Photo / Mazhar Ali Khan"Al-Qoida" yetakchisi Usama bin Lodin
Al-Qoida yetakchisi Usama bin Lodin - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston respublikasida 20 tashkilot va harakatlar terrorchilik yoxud ekstremistik deb tan olingan

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Qirgʻiziston respublikasi Diniy ishlar boʻyicha davlat komissiyasi sud tartibida ekstremistik yoxud terrorchi uyushmalar deb topilgan guruhlar roʻyxatini eʼlon qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Chegarachi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qirgʻiziston terror xavfi bois chegarani qoʻriqlashni kuchaytirmoqda
Nashr xabariga koʻra, ilgariroq mamlakat Joʻqorgʻu Keneshi deputatlari Qirgʻizistonda terrorchilik uyushmalari deb topilgan tashkilotlar roʻyxatini chop etishni taklif qiluvchi qonunchilik loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan edi.

Davlat komissiyasi esa hujjat qabul qilinishini kutib oʻtirmadi va quyidagi roʻyxatni ommaga eʼlon qildi, deb yozgan nashr:

"Al-Qoida" — Bishkek Pervomaysk sudining 2006 yil 15 sentyabrdagi qarori bilan terrorchilik tashkiloti deb topilgan;

"Tolibon" harakati — Bishkek Pervomaysk sudining 2006 yil 15 sentyabrdagi qarori bilan terrorchilik uyushmasi deb topilgan;

"Sharqiy Turkiston islom harakati" — Qirgʻiziston respublikasi Oliy sudining 2003 yil 20 avgust sanasidagi qarori bilan terorchilik uyushmasi deb tan olingan;

Qirgʻizistonliklar - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston ham Oʻzbekistondan ortda qolishni xohlamadi
"Qurd xalq kongressi" — Bishkek Pervomaysk sudining 2008 yil 11 iyundagi qarori bilan terrorchilik uyushmasi deb tan olingan;

Shuningdek, "Hizbut ut-Tahrir-al-Islomiy", "Jihod guruhi", "Oʻzbekiston islom harakati", "Muna cherkovi", "Jayshul mahdi", "Jun-al Halifat", "Sharqiy Turkiston ozodlik tashkiloti", "Akromiylar", "Islom davlati", "Jabhat an-Nusra", "Kotibot al-Imom al-Buxoriy", "Jannat oshiqlari", "Jamoat at-Tauhid val-Jihod" boʻlinmasi Qirgʻiziston tomonidan terrorchilik uyushmalari roʻyxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala