Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi bilan telefonlashdi

© Sputnik / StringerTurkmaniston bayrogʻi
Turkmaniston bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
2017-yil 14-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 14 — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti saylovidagi yuksak gʻalabasi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi, deyiladi Oʻzbekiston TIV saytida berilgan xabarda.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Berdimuhammedov Turkmaniston prezidenti etib saylandi
Xabarga koʻra, muloqotda saylov natijalari Turkmanistonda xalq farovonligini yuksaltirish, mamlakatni izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur oʻylangan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi yuksak ishonch bildirayotgani va ularni toʻliq qoʻllab-quvvatlayotganining yana bir yorqin ifodasi boʻlgani qayd etilgan.

Davlatlar rahbarlari oʻzaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama etib, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashganlar. Turkmaniston faol tashqi siyosat yuritayotgani va Gurbanguli Berdimuhamedovning tashabbuslari xalqaro maydonda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlangan.

Davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakat oʻrtasida amaliy va ochiq muloqotni jadal rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatni toʻla ishga solishga tayyor ekanini bildirganlar.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sogʻlik va masʼuliyatli davlat rahbari lavozimida ulkan yutuqlar, Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader