Hodisalar

Toshkentdagi dahshatli avariya: avtomobil qismlarga boʻlinib ketdi

VAZ rusumli avtomobil belgilanmagan joyda burilishga harakat qilgan. Qarama-qarshi trassaga chiqqan vaqtida, unga katta tezlikda boshqa bir avtomobil kelib urilgan. Natijada, sobiq Ittifoqning eski avtomobili qismlarga boʻlinib ketgan

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkentda kuni kecha navbatdagi dahshatli avariya yuz berdi, bu safar hech kim jabrlanmagan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Xabarda aytilishicha, yoʻl-transport hodisasi kichik xalqa yoʻlida, sobiq "Gʻalabaning 40 yilligi" massivi yaqinida yuz bergan.

© Foto stringeraAvtoavariya v Tashkente
Avtoavariya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Avtoavariya v Tashkente

Yuz bergan hodisa fotosuratlari sal oʻtmay oʻzbek ijtimoiy guruhlarida paydo boʻlgan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, VAZ rusumidagi avtomobil belgilanmagan joyda burilishga harakat qilgan. Qarama-qarshi yoʻlga chiqishi vaqtida unga katta tezlikda boshqa bir avtomobil kelib urilgan. Natijada, sovet davrining eskirib qolgan avtomobili boʻlaklarga boʻlinib ketgan. YHT barcha ishtirokchilari sogʻ-salomat qolishga muvaffaq boʻlishgan, VAZ avtomobili haydovchisi esa kasalxonaga olib ketilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala