Toshkentdagi dahshatli avariya: avtomobil qismlarga bo‘linib ketdi

© Podrobno.UZYo‘ldagi belgi
Yo‘ldagi belgi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
VAZ rusumli avtomobil belgilanmagan joyda burilishga harakat qilgan. Qarama-qarshi trassaga chiqqan vaqtida, unga katta tezlikda boshqa bir avtomobil kelib urilgan. Natijada, sobiq Ittifoqning eski avtomobili qismlarga bo‘linib ketgan

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkentda kuni kecha navbatdagi dahshatli avariya yuz berdi, bu safar hech kim jabrlanmagan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Xabarda aytilishicha, yo‘l-transport hodisasi kichik xalqa yo‘lida, sobiq "G‘alabaning 40-yilligi" massivi yaqinida yuz bergan.

© Foto stringeraAvtoavariya v Tashkente
Avtoavariya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Avtoavariya v Tashkente

Yuz bergan hodisa fotosuratlari sal o‘tmay o‘zbek ijtimoiy guruhlarida paydo bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, VAZ rusumidagi avtomobil belgilanmagan joyda burilishga harakat qilgan. Qarama-qarshi yo‘lga chiqishi vaqtida unga katta tezlikda boshqa bir avtomobil kelib urilgan. Natijada, sovet davrining eskirib qolgan avtomobili bo‘laklarga bo‘linib ketgan. YHT barcha ishtirokchilari sog‘-salomat qolishga muvaffaq bo‘lishgan, VAZ avtomobili haydovchisi esa kasalxonaga olib ketilgan.

Yangiliklar lentasi
0