Yerik Utembayev: Qozog‘istonda o‘zbek mashinalariga talab yuqori

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRAVON
RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston tomoni 2017-yilda yig‘iladigan barcha avtomobillar sotilib ketishiga ishonmoqda

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Bu yil Qozog‘istonda Ravon brendi ostida bir necha ming dona o‘zbek avtomobili konveyerlardan chiqadi, deb ma’lum qildi Qozog‘iston diplomatik missiyasi rahbari Yerik Utembayev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

"O‘zavtosanoat" kompaniyasi Qozog‘istondagi hamkori "Sariarka Avtoprom" korxonasi bilan hamkorlikda yirik uzelli yig‘ish uslubida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Qozog‘istonda Ravon avtomobili yig‘ilishi haqidagi xabarga fikr bildirdi

"Qozog‘iston bozorida bu mashinalarga bo‘lgan talab juda yuqori. Biz kelishuv, sertifikatlashtirish jarayonlaridan o‘tdik, texnologik baza yaratdik. Har bir avtomobil talab qilingan barcha meyorlar bo‘yicha yig‘ilishi shart. Fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiya yig‘ilishida mazkur loyiha bo‘yicha so‘nggi muhokamalar o‘tkaziladi", — dedi diplomat.

Qozog‘iston tomoni 2017-yilda yig‘iladigan barcha avtomobillar sotilib ketishiga ishonmoqda. Bunday ishonchning sabablaridan biri esa ularning nisbatan arzonligidir. Imzolangan kelishuv doirasida qimmat bo‘lmagan o‘zbek avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilgan.

RAVON modellari o‘rtacha 2,6-2,7 million tenge orasida bo‘ladi. Hozirda mamlakatda eng arzon deb hisoblanuvchi "LADA Priora" 3,5 million tenge turadi. Ishlab chiqariladigan mashinalarning sifati xalqaro standartlar darajasida bo‘ladi. Kelgusida mayda uzelli yig‘ishga o‘tish rejalashtirilgan.

RAVON brendi namoyishi - Sputnik O‘zbekiston
Ravon R2 va Ravon Matiz jahon reytingidan joy oldi

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish bilan Andijon viloyatida joylashgan GM Uzbekistan korxonasi shug‘ullanadi. Bundan tashqari, zavod ishlab chiqarish quvvatining bir qismi Xorazm viloyati va Toshkentda joylashgan. Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarishga yetadi.

Bugungi kunda GM Uzbekistan o‘n rusumda avtomobil ishlab chiqaradi: to‘rtta sedan — Nexia, Cobalt, Gentra va Malibu, ikkita oz litrajli — Matiz va Spark, Captiva yo‘ltanlamasi, Orlando miniveni, Damas mikroavtobusi va Labo mikroveni. Respublika hududida yengil avtomobillar Chevrolet brendi bilan tanilgan. GM Uzbekistan mahsuloti chetga Ravon savdo markasi ostida chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0