Jamiyat

Ota-onalardan farzandi uyda dars tayyorlaydigan joyning fotosuratini soʻrashmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishoʻquvchi
oʻquvchi - Sputnik Oʻzbekiston
Maktab oʻqituvchilari oʻz oʻquvchilarining ota-onalaridan bolaning uyda qanday shugʻullanishi tasvirlangan fotosuratlarni yuborishni soʻrashdi. Bu esa ota-onalarning tushunmovchiligiga sabab boʻldi

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Ayrimlar oʻqituvchilarning bu iltimosini darhol bajarib, fotosuratlarni Telegram orqali sinf rahbariga yuborishgan boʻlsa, boshqalar bu iltimosni shaxsiy hayotga aralashuv, deb baholashdi, deb yozmoqda Nuz.uz.

Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan oʻqituvchilarning bu iltimosini xotirjam qabul qilishlarini soʻradi, chunki bu ijobiy maqsadni koʻzda tutadi. Oʻqituvchilar fotosuratlar orqali oʻquvchilarining sharoitlarini va ularning uyda dars tayyorlash uchun nimalarga muhtojligini aniqlashadi.

Oʻqituvchilar yetarlicha sharoit bilan taʼminlanmagan, yordamga muhtoj bolalarni aniqlaganlaridan soʻng ularning roʻyxati tuman hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga beriladi. Keyinchalik esa bu bolalar va ularning oilasiga qanday qilib yordam berish masalasi hal etiladi.

Vazirlik mazkur tadbir muhtojlarga manzilli yordam koʻrsatish maqsadida oʻtkazilayotganini bildirdi. Biroq suratlarni taqdim etish ixtiyoriydir.

Agarda taʼlim muassasasi vakillari bolalar yoki ota-onalarga bosim oʻtkazsa, ular Xalq taʼlimi vazirligining 1006 raqamli ishonch telefoniga yoki vazirning Virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala