Jamiyat

"Urganch-Xiva" temir yoʻli qurilishi boshlandi

Temir yoʻlning ishga tushirilishi vohada yoʻlovchi va yuk tashish salohiyatini oshiradi

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. "Urganch-Xiva" temir yoʻl liniyasi qurilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Xorazm viloyati hokimiyati matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-28 yanvar kunlari viloyatga tashrifi davomida loyihani amalga oshirish haqida topshiriq bergan.

Shavkat Miriyoyev Ustyurt GKM ochilishi tadbirida - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tekshiruv davom etmoqda: Mirziyoyev navbatdagi safarini Xorazmga uyushtirdi

Prezident tashrif davomida Urganchdan Xivaga temir yoʻl liniyasini oʻtkazish hamda Xiva shahrida zamonaviy vokzal qurish, shuningdek, elektropoyezdlar harakatini, kelajakda esa Afrosiyob tezyurar poyezdi harakatini yoʻlga qoʻyish lozimligini taʼkidlagan.

Temir yoʻlning ishga tushirilishi vohada yoʻlovchi va yuk tashish salohiyatini oshiradi hamda Xorazm va Xivaga kelayotgan sayyohlar oqimi bir necha barobarga koʻpayadi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala