Jamiyat

Oʻzbekiston mahsuloti Moskva koʻrgazmasida oliy mukofotni oldi

oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning vino mahsulotlari "Zvezda Prodekspo-2017" oliy nishoniga munosib deb topildi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Moskvada boʻlib oʻtgan oziq-ovqat mahsulotlari, sharbatlar va ular tayyorlanadigan xomashyolar namoyishiga bagʻishlangan XXIV "Prodekspo-2017" xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Dunyoning 50dan ziyod davlatidan 2000dan ortiq firma va kompaniyalar qatnashgan koʻrgazmada "Prodekspo-2017" maʼmuriyati tomonidan tashkillashtirilgan XIX Chashnachilik va Rossiya qishloq xoʻjaligi vazirligi Rosqishloqxoʻjaliknazorat tashkiloti bilan hamkorlikdagi "Eng yaxshi mahsulot-2017" tanlovi ham boʻlib oʻtdi.

Unda oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning vino mahsulotlari tanlovning oliy mukofoti — "Zvezda Prodekspo-2017" oliy nishoniga, 17 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza medali va qator faxriy diplomlarga munosib deb topildi.

Shu bilan birga, oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xorijlik sheriklar bilan 82 million dollarlik shartnomalar imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala