TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzining ilk prezidentlik safarini Rossiyadan boshlaydi.
Oʻzbekiston rahbari Moskvaga 2017 yilning aprelida tashrif uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
"Bugungi kunda strategik hamkorlar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi barcha turda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadilar. Rossiya Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkori sifatida barqaror oʻrinni egallagan. 2016 yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning birinchi yarmida Nursulton Nazarboyevning taklifi bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga safar qilishni ham rejalashtirgan.