Jamiyat

Rossiya Oʻzbekistonni Sochi investitsiyalar forumiga taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishZamestitel predsedatelya pravitelstva RF Dmitriy Kozak
Zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Dmitriy Kozak - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda boʻlib oʻtgan hukumatlararo komissiya majlisida Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Dmitriy Kozak Oʻzbekiston vakillarini Sochida boʻlib oʻtadigan investitsiyalar forumiga taklif qildi.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiya hukumati vakillari Oʻzbekiston vakillarini 2017 yilda Sochi va Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan xalqaro investitsiya forumlariga taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Biz Oʻzbekistonni bu yil Sochi va Sankt-Peterburg investitsiya forumlari kabi Rossiyada boʻlib oʻtadigan anʼanaviy xalqaro tadbirlarga taklif qilamiz", —   dedi Dmitriy Kozak, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari.

Shuningdek, Kozak ushbu forumlarda muloqot qilish ikki mamlakat tadbirkorlari orasida muayyan shartnomalar imzolashga muvaffaq boʻlishlariga umid bildirdi.

Rostex - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Rostex" korporatsiyasi Oʻzbekistonga tibbiyot uskunalari borasida yordam beradi

Bosh vaziri oʻrinbosari Oʻzbekiston va Rossiya ishbilarmonlik munosabatlari yangi choʻqqilarni zabt etishni boshlagan. Uning fikriga koʻra, turli sohalarda hamkorlik qilish mamlakatlar orasidagi munosabatlar jabhalarini kengaytirish imkonini beradi. Bugungi kunda Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari asosan neft va gaz sohasida mujassamlashgan.

Uchrashuvda, Rossiyaning "Rostex" korporatsiyasi Oʻzbekiston korxonalari bilan stanoklar qurish, dori vostalari, tibbiyot texnikasi va polimer materiallar ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik qilishga muayyan imkoniyatlar boriligi aniqlandi.

Shuningdek, "Rostselmash" kombayn zavodi Oʻzbekiston bilan birgalikda qishloq xoʻjalik texnikasi ishlab chiqarishga rejasini oʻrganib chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala