Su-35S – o‘ta chaqqon qiruvchi samolyot

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi ko‘p funksiyali o‘ta chaqqon qiruvchi Su-35S samolyoti haqida videolavha namoyish qildi.

Su-35 qiruvchi samolyoti Su-27 samolyotining chuqur modernizatsiya qilingan ko‘rinishi bo‘lib, u kuchaytirilgan yangi planer, zamonaviy axborot-boshqaruv va radiolokatsiya tizimiga egadir. 

Shuningdek, samolyot yangi AL-41F1S rusumli vektor boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan ikki reaktiv dvigatellari bilan jihozlangan. Ushbu dvigatellar yordamida samolyot tovush tezligidan yuqori tezlikka erishishi mumkin.

Su-35S samolyotining resursi – 6000 uchish soati yoki 30-yilni tashkil qiladi. Dvigatellar resursi – 4000 soat.

Bugungi kunda Rossiya Havo kosmik kuchlari safida 50 ka yaqin Su-35S samolyotlari harbiy navbatchilikda turibdi.

Yangiliklar lentasi
0