Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya turizm boʻyicha kelishuv imzolaydi

Yangi hujjat oʻzaro turistlar oqimi oshishi hamda ikki mamlakatning yetakchi turoperatorlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga xizmat qilishi kutilmoqda

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya turizm sohasida hukumatlararo kelishuv tayyorlamoqda, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bosh vazir oʻrinbosari Rustam Azimovning soʻzlariga asoslanib.

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Turizm eksperti: Oʻzbekistonda tomosha qiladigan narsa koʻp

Azimovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatlar turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida keng istiqbolga ega va yangi hujjat oʻzaro turistlar oqimi oshishi hamda ikki mamlakatning yetakchi turoperatorlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga xizmat qiladi.

"Biz Rossiya fuqarolarining Oʻzbekistondagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa shaharlarga tashrif buyurishga qiziqish yuqori ekanligini koʻrib turibmiz. Mazkur yoʻnalishda tarixiy, ekologik, rekreatsion, gastronomik, madaniy va boshqa koʻrinishdagi turizm sohalarini rivojlantirish boʻyicha ulkan istiqbol mavjud", — dedi Rustam Azimov.

Bosh vazir oʻrinbosari shu bilan birga oʻzbekistonliklar orasida nafaqat Moskva va Sankt-Peterburg, balki Oltin halqa shaharlari, Volga va Shimoliy Kavkaz, Qora dengiz va Baykal koʻliga sayohat qilishga qiziqish oshib borayotganligini qayd etdi.

Turizm
Ekspert: Rossiya va Oʻzbekiston Buyuk Ipak yoʻli boʻylab turizmni birga rivojlantirishi kerak

"Biz hamkorlikda, jumladan faol reklama va piar-kompaniyalar yordamida oʻzaro turistlar oqimini sezilarli ravishda oshirish uchun qulay muhit yaratishimiz darkor", — deb taʼkidladi Azimov.

Rossiyaga Oʻzbekistondan har yili 2 milliondan ortiq kishi, asosan mehnat migrantlari tashrif buyuradi. Rossiyadan esa Oʻzbekistonga har yili 120-200 ming RF fuqarolari kelishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala